Natriy sulfat
Natriy sulfat — sulfat kislotaning natriyli tuzi. Na2SO4, rangsiz modda, achchiqroq; suyuqlanish temperaturasi 32,4°, suvda oz eriydi (100° da massa jihatdan 29,7%). Tabiatda tenardit va mirabilit minerali ko’rinishida uchraydi. Ko’pchilik tuzlar (masalan, Li2SO4, K2SO4) bilan qattiq eritma va boshqa sulfatlar bilan qo’sh tuzlar hosil qiladi. Bularning ayrimlari Na2SO4-MgSO4- 4N2O (astraxanit), Na2SO4 (glauberit), Na2SO4-2K2SO4 (glazerit), 2Na2SO4 Na2CO3 (berkeit) tabiatda uchraydi. Natriy sulfat shisha, sulfatli tsellyuloza ishlab chiqarishda, to’qimachilik sanoatida, sovun va charm ishlab chiqarishda, rangli metallurgiyada, tibbiyotda (surgi sifatida) va veterinariyada ishlatiladi.