NAUTOFON
NAUTOFON (Yunoncha nautes — dengizchi va fon) — mayoqlarga o’rnatiladigan membranali elektr-akustik apparat, tovush tarqatgich. Tuman va bulutli paytlarda yoki yog’ingarchilik vaqtida tovush signallari tarqatadi. Nautofon tarqatgan tovush 15 dengiz milyassta eshitiladi. Kemalarni boshqarishda yo’l ko’rsatuvchi vosita sifatida qo’llaniladi.