NAVMITAN

NAVMITAN — Kushon podsholigi davri (1-4-asrlar)da vujudga kelgan qadimgi qal’a xarobasi. Buxorodan 15 kilometr Janubda, Navmitan qishlog’i yaqinida joylashgan. Qadimgi Rudizar (Shahrud) kanalining qurilishi munosabati bilan Navmitan obod bo’lgan. 16-asrda Navmitanda Jo’ybor xojapari o’zlariga xos hashamatli maqbaralar, sag’analar bino qilganlar. Buxoroning qadimgi va o’rta asr tarixini o’rganishda Navmitan muhim ahamiyatga ega.