NAVOB

NAVOB — Boburiylar saltanati viloyat hokimi. 18-asrning 1-yarmida saltanat inqirozga yuz tutgach, Bengaliya, Arkot, Aud va boshqalarning Navoblari mustaqil hokim bo’lib qolganlar. 18-asrning 2-yarmida ingliz mustamlakachilari Navoblarni o’zlariga bo’ysundirganlar va shundan keyin Navoblarni tayinlash, vazifasidan chetlatish ular ixtiyorida bo’lgan.