Nazarov Anorqul Mamadovich

Nazarov Anorqul Mamadovich (1950.5.6, Bo’ka tumani) — kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1995). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1973). Navoiy teatrida sozanda (1968-85), O’zteleradiokompaniyasi qoshidagi estradasimfonik orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (1989-96), “O’zbeknavo” birlashmasining bosh direktori (1996-2001). Ijodida qo’shiq asosiy o’rin tutadi (“Do’lana”, “Arazlama”, “men nechun sevaman O’zbekistonni”, “O’zbekiston mushtarak”, “ozod elning o’g’liman” va boshqalar). Shuningdek, kino va telefilmlar, teatr spektakllari, tsirk tomoshalari uchun musiqalar va boshqa asarlar yozgan. Abdulla Qodiriy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1997).