Nazr
Nazr-Islom ilohiyotida va fiqhda biror diniy xatti-harakatni bajarish yoki biron narsani din yo’lida hadya qilish haqidagi dindorning ahdi, o’z-o’ziga va’dasi nazr deyiladi. Ilgari dindorlar orasida nazr keng tarqalgan bo’lib, xususan so’fiylik rahnamolari, pirlar va eshonlarga faqat pul va molni emas, balki farzandlarni ham nazr qilib berish hollari bo’lgan.