Nazrul Islom

Nazrul Islom (1899-1976) – Bengal shoiri. Ilk she’rlarini Hofiz asarlari ta’sirida yozgan. “Isyonkor” dostoni (1922), “olovli ud” (1922), “zaharli nay” (1924), “falokat nag’malari” (1924), “Bulbul” (1928) she’riy to’plamlari, “Kambag’alning iztiroblari” hikoyalar to’plami (1924) va “tuman” romani (1924) mavjud. Ularda insonparvarlik va vatanparvarlik g’oyalari ilgari surilgan. 30-yillarning boshlarida kasalligi tufayli adabiy faoliyati to’xtab qolgan. Uning “inson” she’riy to’plami o’zbek tilida nashr etilgan (1981). E. Vohidov Nazrul islom hayoti va ijodiga bag’ishlab “ruhlar isyoni” dostonini yozgan (1978).