Nearx

Nearx (Neapxos) (? — miloddan avvalgi taxminan 312) — Aleksandrning flot sarkardasi. 334 yildan Likiya va Pamfiliya hokimi. 325 yil Nearx boshchiligidagi yunon floti ilk marotaba Hindistondan Mesopotamiyaga suzib o’tgan. Uning sayohati bayonida Hindiston, Fors qo’ltig’ining tabiati va aholisi haqida ma’lumotlar bor bo’lib, ulardan Arrian va Strabon keng foydalanganlar.