Nebitdog’

Nebitdog’ — Turkmanistonning g’arbidagi gumbazsimon qirlar. Katta Bolxon tizmasidan Janubi-g’arbda. Nebitdog’ qadimda dengiz suvi bilan qoplangan Ko’lkor yoki Boboxo’ja sho’rxogidan Orol ko’rinishida ko’tarilib turgan. Mutlaq balandligi 39 metr. Nebitdog’ uchlamchi davr (neogen)ning yumshoq qizil jinslaridan tarkib topgan. Nebitdog’ atrofida neft konlari bor.