Nefertiti

Nefertiti (qadimgi misrcha — sohibjamol kelmoqda) — miloddan avvalgi 14- asr boshidagi Misr malikasi (podshosi), Amenxotep IV ning xotini. Yeri o’tkazgan diniy islohotlarda ishtirok etganligi taxmin kilinadi; uning ismi islohotlardan so’ng Nefer — Neferu — Aton (“atonning go’zallar go’zali”) deb o’zgartirilgan. 1912 yil Amarnada N.ning haykaltarosh usta Tutmes tomonidan nafis ishlangan haykallari topilgan (Qohira va Berlin muzeylarida saqlanadi).