NEFT EKSPORT QILUVCHI MAMLAKATLAR TASHKILOTI

NEFT EKSPORT QILUVCHI MAMLAKATLAR TASHKILOTI, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) — neft qazib olishni va a‘zo mamlakatlarning neft eksport siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda a‘zo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bag’dod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik ko’pgina o’zgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Quvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. A‘zo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Qatar, Quvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003). XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining o’sishi natijasida OPEKning ta‘siri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ta‘sir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi – yiliga ikki marta chaqiriladigan konferensiya bo’lib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qarorgohi Avstriyada joylashgan.