Nega baʼzi baliqlar tok uradi?
Dunyoda taxminan 250 tur baliq elektr zaryadi ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Baʼzi baliqlar, masalan, elektr ilonbaliq hatto 650 V gacha tok ishlab chiqarishi ham mumkin. Bunday katta tok yirikroq jonivor yoki insonni ham shokka tushirishi, hatto oʻldirishi ham mumkin.
Baliqlarning akkumulyatorni eslatuvchi aʼzolari tufayli ular tok ishlab chiqara oladi. Elektr baliqlar tok yordamida nafaqat himoyalanish va ov qilishi, balki oʻzaro aloqa bogʻlashi va joylashuvni aniqlashi ham mumkin.