Nega pashshalar panjalarini bir-biriga ishqalaydi?
Mukammal uskunalar bilan qurollangan olimlar bu savolga javob berishga harakat qilib ko’rishdi. Haqiqat shundaki, pashshalarning har bir panjasida mayda tuklar joylashgan. (Shuning uchun bo’lsa kerak, u sizga qo’nganda qattiq g’ashingiz keladi.) Ushbu tuklarning har birida diskka o’xshash kichkina so’rg’ichlar mavjud. Ushbu disklardan yog’ ajralib chiqadi, shu tufayli tuklar va pashsha joylashgan sirt bir-biriga yopishqoq bo’ladi, hatto u silliq oyna bo’lsa ham. Hasharot oyoq-qo’llarini tozalab, shu tuklardagi so’rg’ichlarni yopishqoqligini oshiradi.
Bu ishni qilmagan pashshalar esa shunchaki silliq yuzalarda tura olmaydilar.