Nelson (Nelson) Gorasio

Nelson (Nelson) Gorasio (1758. 29.9, Byornem-Torp, Norfolk grafligi — 1805.21.10, Trafalgar burni yaqinida, Ispaniya) — ingliz floti sarkardasi, ingliz vitse-admirali (1801), vikont (1801). Frantsuz va ispan flotlariga qarshi kurashda qator g’alabalarga erishgan, shu jumladan, Abikur va Trafalgar yonida (shu jangda og’ir yaralanib halok bo’lgan). Nelson manevrli taktika usuli qo’llash va qat’iy harakat qilish tarafdori bo’lgan. Nelsonning flot sarkardasi sifatidagi faoliyati ma’lum darajada Buyuk Britaniyaning dengizdagi qudratini oshishiga imkon bergan. Londonda dafn etilgan.