Neodim
Neodim (Neo… va Yunoncha Didymos — egizak; lotincha Neodymium), Nd— Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 60, atom molekulasi 144,24. 5 ta barqaror izotopi – l42Nd(27,07%), l43Nd (12,17%), M5Nd(8,3%),’46Nd(17,22%), l48Nd(5,78%) va 2 ta radioaktiv izotopi — 144Nd(23,78%, T|/25-1015y.), 15ONd(5,67% T1/22-1015 y.) mavjud. Yer po’stila massa jihatidan 2,5-10^3%, dengiz suvlarida 9,2-10~6 mg/l Neodim bor. Tabiatda monasit, bestnezit (20% gacha Nd2O3) va loparit minerallari ko’rinishida uchraydi. Lantanoidlar guruhiga kiradi. 1885 yilda avstriyalik kimyogar K. Auer kashf qilgan. Och kulrang metall. Zichligi 7,0 g/sm3. Qaynash temperaturasi 3027°, suyuqlanish temperaturasi 1016°, oksidlanish darajasi +3, +4, goho +2. Tuzlarining aksarisi qizg’ish-binafsha rangli. Neodim birikmalari rangli, badiiy va optik shishalar, lazer materiallar, chinni ishlab chiqarishda, chuyan, pulat va boshqalar qotishmalarga legirlovchi qo’shimcha sifatida qo’llanadi.