Neokantchilik

Neokantchilik — falsafiy oqim. 19-asrning 2-yarmi —20-asr boshida, asosan Germaniyada vujudga kelgan. Kant falsafasini tiklashga, uni qayta ishlashga urinadi. Neokantchilik vakillari Kantning “narsa o’zida” degan tushunchasini rad etib, bilishning aprior (tajribadan xoli) ekanligini isbotlamoqchi bo’lishgan. Ular dunyoni bilish faqat aniq fanlarning vazifasi, falsafaning vazifasi esa ilmiy bilishning uslubiy va mantiqiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat deb hisoblaydi. Neokantchilar tushunchani voqelikdan ajratib qo’yadi va uni o’z-o’zidan rivojlanuvchi tafakkur mahsuli deb tushuntiradi. Neokantchilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari xilma-xil bo’lib, ular, asosan, islohotlar vasiyosiy yonbosishlarni targ’ib qiluvchi siyosiy guruhlar mavqeini ifodalar edi. Keyinchalik Neokantchilik fiziologik (G. Gelm-Gols, F.A.Lange), psixologik (L. Nelson), tanqidiy realizm (A. Ril), Marburg maktabi, Baden maktabi, fiktsionalizm (X. Fayxinger), frantsuz neokritisizmi (Sh. Renuve) kabi bir qancha yo’nalishlarni birlashtirdi. Neokantchilik etikasi asosida borliq va uning zaruriyatini qarama-qarshi qo’yish yotadi.