Neon

Neon (Neo…, lotincha Neon), Ne — Mendeleyev davriy sistemasining 0 guruh elementi, inert gazlarga mansub. Tartib raqami 10, atom molekulasi 20,179. 1 m3 havoda 16 sm3 ga yaqin Neon bo’ladi. Uchta barqaror izotopi; 20Ne(90,92%), 2lNe (0,257%), 22Ne (8,82%) bor. Sun’iy yo’l bilan juda qisqa muddat (T’/2<200 sekund) mavjud bo’ladigan radioktiv izotoplari ham olingan. 1898 yilda ingliz olimlari U. Ramzey va M. Travers topgan. Gaz holatdagi Neonning zichligi 0,90035 g/l (273 K, 0,1 MPa), suyuqlanish temperaturasi — 248,6°; qaynash temperaturasi — 245,9° (273 K, 0,1 MPa). Suyuq holatdagi Neonning zichligi 1240kg/m3. Neon, odatda, kimyoviy reaktsiyalarga kirishmaydi. Lekin uning Ne-6H2O tarkibli gidrati, molekulyar bog’langan birikmalari hosil qilingan. Neon sanoatda suyuq havodan ajratib olinadi. Radiotexnikada, elektron asboblarda, vakuum texnikasida ishlatiladi.