Neruda (Neruda) Pablo
Neruda (Neruda) Pablo (taxallusi; asl ism-sharifi Neftali Rikardo Reyes Basualto) (1904.12.7, Parral shahri – 1973.23.9, Santyago) — Chili shoiri, diplomat. Santyago universitetida ta’lim olgan. Chili Senatining a’zosi va diplomat sifatida ko’p mamlakatlarda bo’lgan. “O’lmaydigan odamning xatarli qadami” (1926) to’plamida she’rning an’anaviy o’lchamlari va qofiyalaridan voz kechib, ichki kechinmalarni syurrealizmga yaqin til va obrazlar bilan ifodalagan. “Yashash joyi — yer” (1933, 2 jild), “Yurakdagi Ispaniya” to’plamlariga kirgan asarlarida insoniyat ozodligi uchun kurash g’oyalari aks etgan. Neruda 1941-44 yillar Marksizm bilan qiziqadi, Chili kommunistik partiyasiga a’zo bo’ladi. Shu yillarda Chili Prezidentini “AQSh qo’g’irchog’i” deb haqorat qilganliqda ayblanib, hukumat tomonidan ta’qib ostiga olinadi. Neruda Meksikaga ketadi va u yerda 340 she’rdan iborat monumental asari “Umumjahon qo’shig’i” (1950)ni yozadi. Asarda Lotin Amerikasining o’tmishi va buguni Marksistik nuqtai nazardan talqin etilgan. Kitob Chilida taqiqlangan, kommunistlar uni yashirin tarqatishga uringanlar. Illo-Irning 1950-60 yillar ijodi Neruda fikr doirasining kengayganidan, poetik mahoratining yanada takomillashganidan dalolat beradi: “Sevgi haqida 100 sonet”, “Chili toshlari” (1960), “Di-niy marosim qo’shiqlari” (1961), “Qiyomat” (1963) she’riy to’plamlari, “qora Orol memoriali” avtobiografik dostoni (1— 5-jillar, 1964) va boshqalar Toshkentda bo’lgan. Nobel mukofoti laureati (1971).