Nerv kasalliklari
Nerv kasalliklari, asab kasalliklari — nerv sistemam kasalliklari. Markaziy va periferik nerv sistemasining biror sababga ko’ra umuman yoki qisman shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Nerv kasalliklari organik va funktsional bo’ladi. Organik Nerv kasalliklari zaminida Markaziy va periferik nerv sistemasining anatomik struktur o’zgarishlari yotadi. Bunga infektsion kasalliklar, intoksikatsiya, shikastlanishlar, o’smalar, tomir kasalliklari va boshqalar sabab bo’ladi. Bosh yoki orka miyaning turli qismlari zararlanishi bilan kechadigan organik Nerv kasalliklarida periferik nerv sistemasida falaj, tirishish, giperkinezlar, reflekslar izdan chiqishi, sezuvchanlik, og’riq va boshqa sezgilarning buzilishi kuzatiladi. Funktsional Nerv kasalliklarida nerv sistemasida aytarli anatomik o’zgarishlar bo’lmaydi, bunga nevrozlar kiradi. Nerv sistemasining irsiy kasalliklari (miopatiya, miotoniya va boshqalar) alohida guruhni tashkil etadi. Nerv kasalliklarini nevrologiya va nevropatologiya fani o’rganadi. Nerv kasalliklaridan nevrozlar, insult, entsefalit, meningit, poliomielit, nevrit, radikulit, epilepsiya va boshqalar uchraydi.