NESTEROV SIRTMOG’I

NESTEROV SIRTMOG’I (“o’lik sirtmoq”) — samolyotni boshqarishda bajariladigan oliy uchish (pilotaj) shakli — vertikal tekislikdagi berk egri chiziq. Uni birinchi marta rus sinovchi uchuvchisi P. N. Nesterov 1913 yil 27 avgustda amalga oshirgan. Nesterov sirtmog’ini V. P. Chkalov 1933 yil takrorlagan va o’zi ham bir necha uchish shakllarini ishlab chiqqan.