Neyron, nevron
Neyron, nevron (neyro… ) nerv qujayrasi, nerv sistemasining asosiy strukturaviy va funktsional birligi, kalta dendritlar va uzun aksondan iborat (sxema). Hayvon xujayrasiga xos organizmlardan tashqari, Neyron tsitoplazma (neyroplazma)sida neyrofibrillalar (tigroid modda) bo’ladi. Sezuvchi, qo’shuvchi va effektor Neyron farq qilinadi. Neyron nerv impulslarini reseptorlardan Markaziy nerv sistemasiga (sezuvchi Neyron), Markaziy nerv sistemasidan ijrochi a’zolarga (harakatlanuvchi Neyron) o’tkazadi, boshqa bir qancha nerv hujayralarini o’zaro biriktiradi (qo’shuvchi Neyron) Neyronlar o’zaro va ijrochi a’zolar hujayralari bilan sinapslar orqali aloqada bo’ladi. Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i, miyacha, Markaziy nerv sistemasining boshqa ba’zi bo’limlari neyroni murakkab tuzilgan. Neyronlar o’lchami va soni turli hayvonlar va odamda turlicha.