Nikaragua

Nikaragua — Markaziy Amerikadagi eng katta ko’l, Nikaragua davlati hududida. Mayd. 8430 km3, uzunligi 160 kilometr, eni 70 kilometrgacha. Eng chuqur joyi 70 metr. Tektonik botiqda, dengiz sathidan 32 metr balandlikda joylashgan. Suv sathi yil davomida o’zgarib turadi. Tinitapa daryosi orqali Managua ko’li bilan bog’langan. Nikaragua suvi San-Xuan daryosi orqali Karib dengiziga oqadi (qadimda Nikaragua qo’ltiq bo’lgan deb ham taxmin qilinadi, chunki dengiz faunasi saqlangan). Qirg’oqlari pasttekislik. Ko’lning g’arbiy qismida Ometepe vulkani (1556 metr) bor. Kema qatnaydi, baliq ovlanadi.