Nikellash
Nikellash — metall buyumlar sirtiga nikel qoplash. Odatda, nikel 1 — 2 mkm dan 40-50 mkm gacha qalinlikda qoplanadi. Elektrolit, kimyoviy va kontakt usullari bor. Eng ko’p tarqalgani elektrolit usuli. Bunda uchta asosiy komponentdan iborat elektrolitlar: buyum sirtida elektrsizlanuvchi ionlar manbai hosil qilish uchun sulfat kislotali nikel (70-280 g/l); katod qatlamida kislota katlamini rostlash uchun borat kislota (30 g/l); anodlarning normal erishini osonlashtiruvchi osh tuzi (5-15 g/l) dan foydalaniladi. Kimyoviy usulda natriy gipofosfatdan foydalaniladi. Elektrolit usulida Nikellash qiyin bo’lgan sirtlar shu usulda nikellanadi. Kontakt usulida 40 g/l borat kislota qo’shilgan nikel xloriddan foydalaniladi. Vaqt o’tishi bilan nikellangan buyumlar sirti xiralashib krladi. Shuning uchun, ko’pincha, nikel katlami ustiga xrom qatlami ham qoplanadi. Nikellashdan tibbiyot asboblari, avtomobil, velosiped va boshqa mashina qismlarini bezash yoki korroziyadan saqlashda foydalaniladi.