Nil

Nil— ko’k bo’yoq modda. Molekulyar modda 262,27, 390-392° da suyuqlanib parchalanadi. Suv va spirtda erimaydi, anilinda eriydi. Nil juda qadimdan ma’lum. Nilli o’simliklar (Indigofera va boshqalar)dan, sanoatda esa anilin yoki izatinni sintez qilib olinadi. Nil qaytarilgandauning leyko-hosilasi — “oq Nil” hosil bo’ladi. Nil gazlamalarni bo’yashda ishlatiladi. Uning hosilalari, ayniqsa, tetrabro-mindigo va analoglari, masalan, tioindigoid bo’yoqlar katta ahamiyatga ega.