Nima uchun kunlar qishda yozdagidan qisqa bo’ladi?
Dastlab biz kelishib olishimiz lozim: “kun” so’zi ikkita ma’noni bildiradi — quyoshli, yorug’ kun (Quyosh yerni yoritayotgan payt) va kalendar yoki astronomik kun (yerning o’z o’qi atrofida yarim aylana qilgan payt). Kun va tun bir sutkani tashkil etadi. Astronomik sutka yigirma to’rt soatga to’g’ri keladi. Ayni shu vaqt ichida yer o’z o’qi atrofida bir marta aylanib chiqadi. Biroq bu so’zning dastlabki mazmuni mutlaqo boshqa mazmunga egadir. Biron-bir kun ham uzunligiga ko’ra boshqasiga o’xshamaydi. Yorug’lik kuni uzunligi yil davomida o’zgarib turadi. Yoz boshida, 21 iyunda yorug’lik kuni 16 soatga teng bo’ladi. Bu yozgi quyosh turishidir. Yorug’lik kuni — Quyosh chiqishi va botishi orasidagi vaqtdir. Qishda, dekabr oyida aniqrog’i, 21 dekabrda yorug’lik kuni atigi sakkiz soatga teng bo’ladi. Bu qishki Quyosh turishi deyiladi. Bahor va kuz boshida yorug’lik kuni tunga teng bo’lgan kunlar bo’ladi. Bu bahorgi va kuzgi tengkunlikdir. Lekin kun va tun birgalikda doim yigirma to’rt soatni tashkil etadi. Shuni unutmangki, g’arbiy yarimsharda kun bo’lsa, Sharqiy yarimsharda tun bo’ladi va aksincha. Qishda kunlar qisqa bo’lib, biz Quyoshdan kam yorug’lik olamiz. Osmon bulutlar bilan qoplanadi yoki yomg’ir yoqqan paytda ko’chani tezda qorong’ulik bosadi. Qisqacha xulosa qilamiz: kun va tun birgalikda hamisha yigirma to’rt soatni tashkil etadi. Qishda tez qorong’u tushib, tun kundan uzunroq bo’ladi.