Nimaga baʼzida oyoqlar “muzlab qoladi”?
— Sovuq ob-havoda inson oyoqlarining sovishi albatta tabiiy jarayon. Ammo issiqda ham baʼzi insonlarning oyoqlari sovuq qotadi. Xoʻsh, buning sababi nima?
— Bilasiz, oyoqlarda mushak tolalari mavjud va ular yogʻ qavati bilan himoyalanmagan. Ularning yagona issiqlik manbai qondir. Tomirlar sovuqdan torayadi, qon oqimi pasayadi, natijada oyoqlari muzlaydi.
— Sog’lig’i normal bo’lgan odamda oyoqlar bir necha sabablarga ko’ra muzlashi mumkin:
- issiq bo’lsa ham, issiq kiyim kiyish odati tufayli;
- avtonom nerv tizimining faoliyati buzilishi natijasida;
- oyoqlarini “bog’lab” uzoq o’tirishdan;
- ro’za tutish yoki qattiq diyeta vaqtida.
— Agarda oyoqlar doimiy muzlasa, tezda shifokor koʻrigiga borish tavsiya qilinadi. Sababi odatda bu darajaga katta ehtimol bilan jiddiy qon-tomir kasalliklari asos boʻlishidadir.