Nimaga och qolish hissi paydo boʻladi?
— Bu hissiyotning paydo boʻlishi — tanamizda glyukoza konsentratsiyasi pasayib ketishi bilan izohlanadi. Yaʼni organizmimiz energiyani glyukoza oksidlanishidan oladi, bu jarayon natijasida glyukoza konsentratsiyasi qonda kamayadi va miyamizning ochlikka javobgar qismidagi neyronlarga taʼsir oʻtkazadi.