Nimaga otlar tik turib uhlashadi?
— Yovvoyi tabiatda yirtqich hayvon hujumidan himoyalanish uchun ular doimo shay holatda bo’lishlari kerak. Shuning uchun, otlar asosan tik turgan holatda – cho’zilgan oyoqlarda turib uhlashadi va atrofdagi tovushlarni sezgirlik bilan tinglashadi.
— Tiz bo’g’imlaridagi maxsus qulflash mexanizmi otlarning tik turgan holda uxlashiga yordam beradi, bu esa oyoq mushaklarini yiqilmasdan holi qo’yishga imkon beradi.
— Bir necha kun davomida ular shunday dam olishlari mumkin, ammo keyin ular kamida 2-3 soat yaxshiroq uxlab olishlari kerak.