Nimaga yosh o’tgan sari sochlarimizga oq tushadi?
— Yosh o’tgan sari sochga oq tushishi deyarli barcha uchun tabiiy holat. Buning eng asosiy sababi yosh o’tgan sari boshqa tana a’zolarimiz kabi sochlar ham qariydi. Natijada sochlardagi hujayralar birin ketin nobud bo’ladi. Bu esa sochlamizga kerakli vitaminlar tarqalishini to’xtatib qo’yadi. Qarabsizki, sochlar asta-sekin oq tusga kirib boradi.
— Sochlarimizga oq tushishni tezligi esa biz yeydigan ovqatlar qanchalik vitaminga boy ekani va sochlar parvarishiga bog’liq. Ya’ni ularga yaxshi parvarish berilsa, soch oqarishini biroz sekinlashtirishimiz mumkin.