Nimfa

Nimfa (Yunoncha nymphe — lichinka, kelin, qiz) — g’umbak davriga ega bo’lmagan bo’g’imoyoqlilarning voyaga yetishidan oldingi davri. Kanalar va chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (suvaraklar, chigirtkalar, Saratonlar, qandalalar va boshqalar) uchun xos. Nimfa tashqi ko’rinishi bilan voyaga yetgan hayvon (imago) ga o’xshab ketadi, lekin jinsiy organlari va qanotlari (qanotli hasharotlarda) rivojlanmagan bo’ladi. Nimfa bir necha marta po’st tashlagandan so’ng voyaga yetadi.