Nimfalar

Nimfalar — yunon mifologiyasida tog’lar, o’rmonlar, dengizlar, buloqlarda yashovchi tabiat ma’budalari. Zevsning qizlari hisoblanib, Artemida yoki Dionisning hamroxlari deb tasavvur etilgan va ko’pgina mahalliy dinlarda ularga e’tiqod qilingan. Nimfalarga bag’ishlab g’orlarga, buloqlarga, dengiz qirg’oqlariga qurbonliklar keltirilgan. Nimfalar haykaltaroshlik va rassomlik san’atida takror-takror tasvirlangan.