Nizomova Ra’no Hoshimovna
Nizomova Ra’no Hoshimovna (1935.25.12, Qo’qon) — raqqosa, baletmeyster, pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini mumtoz raqs bo’limini (1954), Toshkent madaniyat institutining rejissyorlik bo’limini (1982) tugatgan. 1954-57 yil Navoiy teatrida, 1957-78 yillar “Bahor” ansamblida etakchi raqqosa (ayni vaqtda 1956 yildan repetitor-baletmeyster va badiiy rahbar o’rinbosari). “Nargiz” bolalar ashula va raqs ansamblining tashkilotchisi (1978), badiiy rahbari va baletmeyster (1989 yilgacha). 1980 yildan Toshkent madaniyat institutining xoreografiya bo’limida o’qituvchi (1992 yildan professor). Ra’no Nizomova (“Pomircha raqs Navoiy teatrining “Oqqush ko’li”, “Uyqudagi go’zal”, “yetti go’zal”, “esmeralda”, “Jizel” va boshqa spektakllarida balet partiyalarini ijro etgan. Nizomovaning ijodi serqirra bo’lib, Farg’ona, Buxoro, Xorazm uslubidagi o’zbek mumtoz, xalq zamonaviy raqslarini, qardosh va xorijiy xalqlar raqsini bir maromda mahorat bilan ijro etgan. Nizomova repertuaridan “Bahor” ansamblida “pilla”, “Jonon”, “Rohat”, “Tanavor”, “Farg’ona ruboiysi”, “asta qiyolab o’tdi”, “O’yna Ra’no”, “Buxorocha raqs”, “tog’li badaxshon raqsi”, “Zavqim kelur”, “sho’x qiz”, “O’ynasin” kabi hamda afg’on, hind, Pokiston, polyak va boshqa xalqlar raqslari o’rin olgan. Baletmeyster sifatida “Lolalar”, “Yoshlik valsi”, “Soqiynomai Bayot”, “Dilxiroj”, “O’zbekiston qizlari”, “Duxtari Zebo” va boshqa raqslarni sahnalashtirgan. Avstriya, Chexoslovakiya, Indoneziya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Kanada, Misr va boshqa mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. As: havaskorlik bolalar va raqs ansambllarini tashkil qilish va ularning faoliyati (hamkorlikda), T., 1985.