Nizomxo’jayev Jamol
Nizomxo’jayev Jamol (1921.15. 12 -Toshkent — 1992.26.9) — opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti (1964). Moskva O’zbek opera studiyasida ta’lim olgan (1938-39), Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1950). Navoiy teatrida solist (1939— 83), shuningdek, Toshkent madaniy-oqartuv bilim yurtida o’qituvchi (1961— 87). Nizomxo’jayev musiqali dramalarda qodir (Yashin, M.Muhamedov; R.Glier, “gulsara”) va boshqalar, o’zbek operalarida navfal (R. Glier va T. Sodiqov, “Layli va Majnun”), Bo’ron (S. Vasilenko va M.Ashrafiy, “Bo’ron”), Farhod (V. Uspenskiy va G.Mushel, “Farhod va Shirin”), Niyozmatbek, Ardasher (M. Ashrafiy, “shoir qalbi”, “Dilorom”), shuningdek, mumtoz operalarda eskamilo (J. Bize, “Karmen”), Tomskiy (P. Chaykovskiy, “Qarg’a motkasi”), Gryaznoy (N. Rimskiy-Korsakov “Shoh qaylig’i”) kabi partiyalarni ijro etgan. Opera ijrochiligida milliy ashula ijro uslubini uyg’unlashtirishga intilgan. O’zbek xalq ashulalari (“Laylodin ortiqsan”, “qoshlari qalamlar” va boshqalar), maqom yo’llari (“Dugoh”, “Dugoh taronasi”, “Ushshoq” kabi) va zamonaviy qushiklar (“Vatanga mehr”, “Illy tong Hamdam”, “Assalom” va hokazolar) Nizomxo’jayev ijodida muhim o’rin tutadi.