Nobel mukofotlari
Nobel mukofotlari – har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Ta’sis etuvchisi A. B. Nobelning vasiyatiga ko’ra, undan keyin qolgan mablag’asosida Nobel jamg’armasi tashkil etildi; shu jamg’armaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng bo’linib, irqi, millati, jinsi va dinidan qat’i na-zar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do’stligi va tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki o’zining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qo’shimcha Nobel mukofotini ta’sis etgan). Nobel mukofotlari Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miqdori Nobel jamg’armasidagi daromadga bog’liq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) bo’lgan mablag’dan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga ko’ra, Nobel mukofotlarini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik Fanlar Akademiyasiga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari bo’yicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarrohlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot bo’yicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasiga (badiiy asarlar bo’yicha) topshirilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yo’lida ko’rsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotlarini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti a’zolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofotlari berilmaydi. Nobel mukofotlarini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da o’tkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshirilgan. Nobel mukofotini 1901-2003 yilda 565 kishi olgan.