Nobilitet

Nobilitet (lotincha nobilitas-yuqori tabaqa, oqsuyak)-Rim respublikasida miloddan avvalgi III asr boshiga kelib patritsiylar bilan plebeylar o’rtasidagi kurash natijasida shakllangan hukmron tabaqa Nobilitet davlatning oliy mansablarini egallash huquqiga ega edi. Nobilitet aristokratik respublikaning siyosat an’analarini saqlovchilari hisoblangan, lekin uning orasidan siyosiy muxoliflar ham chiqqan. Imperatorlar davrida eski Nobilitetga mansublik ilgarigidek ahamiyat kasb etmagan. Keng ma’noda (qadimgi mualliflarda) Nobilitet-“xalq”, “qora xalq”ning ziddi bo’lgan “yuqori tabaqa”, “oqsuyak”.