Norak GES

Norak GES — Tojikistondagi eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri, Vaxsh daryosida, Norak shahri yaqinidagi Pulitangin darasida 1961 yildan qurila boshlagan. GESning loyiha quvvati 2700 MVt (300 Mvtli 9 agregatdan iborat). 2 ta agregati 1972 yilda, oxirgi agregati 1979 yilda ishga tushirilgan. GES yiliga 11,2 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Tojikiston Janubdagi sanoat majmualarini energiya bilan ta’minlaydi. GES suv ombori, to’g’on va elektr stansiyasida’n iborat. GES to’g’oni balandligi 310 metrdan ortiq (jahonda eng baland to’g’on). Bu to’g’on o’rtacha 645 m3/sekund suv o’tkazadigan uskunalar bilan jihozlangan. GES 275 metr suv bosimi ostida ishlaydi. Elektr energiyasi 500 va 220 kv kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali O’rta Osiyo “energiya” Birlashgan energetika tizimiga ulangan.