Normal holatdagi qum
Normal holatdagi qum – zarralari dumaloq shakl va o’lchami 0,5 dan 0,9 mm.gacha bo’lgan tabiiy kvarts qumi. Bu qum tsementlarni sinash uchun tarkibida mavjud bo’lgan kremniy oksidining (98% dan kam bo’lmagan) miqdori hamda loy, balchiq va chang aralashmasining (1% dan ko’p bo’lmagan) miqdori bilan baholanadi. 950o dan 1000oC gacha temperaturada toblashda massa yo’qotilishi 0,3% dan katta bo’lmagan ko’rsatkichni tashkil etadi. Qum zarralarining yirikligi shunday bo’lishi kerakki, qum namuna (proba)larine No 09 va No 05 to’rli elaklardan o’tkazganda No to’rli elakda 1% dan ko’p bo’lmagan qum qolishi lozim va No 05 to’rli elakdan namuna massasining 8% dan ko’p bo’lmagan qismi o’tishi lozim.