NOSIROV MANSUR MAHMUDOVICH

NOSIROV MANSUR MAHMUDOVICH (1936.12.6, Samarqand viloyati, Oxunboboev qishlog’i) — kulol. O’zbekiston Respublikasi sanyutarbobi (1998). Samarqand universitetida ta’lim olgan (1957— 58). Ish faoliyatini (usta Umarqul Jo’raqulov rahbarligida) shahar sanoat kombinatida boshlagan (1944-50). “Qizil Sharq” artelidagi sandiqsozlik tsexida bezatuvchi rassom (1951-53), Samarqand badiiy fondining kulolchilik tsexida (1963-93), Umarqul Jo’raqulov nomidagi “Usto” birlashmasida (1993 yildan) kulol-usta. “Bibixonim”, “Go’ri Amir”, “Shohizinda” kabi suvenirlar, “ajdarho”, “ko’ra va shamdon” kabi bezakli buyumlar, “Afrosiyob” naqshli shokosa va chash-kalar, milliy uslubda bezalgan o’yinchoqlar, ko’zalar, oftoba, bezakdor relef, gul tuvaklar, laganlar va boshqalar yaratgan. “Samarqand” restorani Interyerini bezashda qatnashgan. Asarlari bilan respublika va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etgan.