Nufar, sariq nilfiya

Nufar, sariq nilfiya (Nyphar) — nilfiyadoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkami, ekma gul. Ko’p yillik, ildizpoyasi yo’g’on. Bargi qalin, yuraksimon, uzun bandli, suv yuzida suzib turadi. Guli yakka (diametri 4-5 santimetr), sariq, 10 ga yaqin (boshqa ma’lumotlada 25) turi bor. Asosan, Shimoliy yarim sharning mo”tadil zonasidagi ko’llarda 2 turi o’sadi. Shundan sariq Nufar (N. luteum) O’zbekiston suvlarida o’sadi. Ildizida alkaloidlar (nufurin), tannidlar, kraxmal bor. Manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.