NUKUALOFA

NUKUALOFA — Tonga davlati poytaxti, Tongatapu orolida. Aholisi 21 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Tinch okean sohilidagi port; chetga kopra va banan chiqariladi. Turizm rivojlangan.