NUMEA

NUMEA — yangi Kaledoniya (Frantsiya mulki)ning ma’muriy markazi va eng katta shahri. Yangi Kaledoniya orolining Janubiy-Sharqiy sohilidagi port. Nikel, xromit va kobalt eritish zavodlari bor. Numea porti orkali chetga nikel, temir rudalari, kopra chiqariladi.