Nuqta

Nuqta (matematikada) — geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri. Geometriyani izchil bayon qilishda Nuqta, odatda, boshlang’ich tushunchalardan biri sifatida qabul qilinadi. Hozirgi zamon matematikasida har xil fazolarni tashkil qiladigan turli elementlar Nuqta deb ataladi (masalan, i-o’lchovli Evklid fazosida “-ta sonlardan hosil bo’lgan tartiblangan to’plam Nuqta deb ataladi). Matematikaning ko’p sohalarida maxsus nom bilan ataladigan Nuqtalar uchraydi. Masalan, geometriyada egri chiziqlarning asosiy nuqtalari o’rganiladi; qaytish Nuqtasi, yakkalangan Nuqta, egilish Nuqtasi, burchak Nuqtasi. To’plam nazariyasida qaralayotgan to’plam xossalarini tavsiflovchi Nuqtalar tekshiriladi: limit Nuqta, chegaraviy Nuqta, zichlik Nuqtasi, differentsial tenglamalar yechimlarining maxsus Nuqtalari va hokazolar.