Nuraliyev Akramjon Hojiqo’ziyevich

Nuraliyev Akramjon Hojiqo’ziyevich (1948.5.6, Andijon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1975). 1967 yildan Andijon tumanidagi 28-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 2001 yildan 52-maktab direktori. Maktabda fan kabinetlarini tashkil etish va ularni zamonaviy o’quv qurollari bilan jihozlashda alohida o’rnak ko’rsatdi.