NURIMBETOV SODIQ
NURIMBETOV SODIQ (1900, Kegeyli tumani — 1972, Nukus) — Qoraqalpog’iston xalq shoiri (1942), O’zbekiston xalq hofizi (1957). Mahalliy maktabda, madrasada o’qigan. O’tgan asrning 20-yillari o’rtalarida shoir sifatida Shuhrat qozongan. Qoraqalpoq hajviyasini, xususan masal janrini rivojlantirishda Nurimbetovning xizmatlari katta. Bolalar uchun ham ko’plab she’rlar yaratgan. “Bizning Vatan” (1940), “Xalq yengilmaydi” (1942), “Olg’a, botirlar” (1944), “tulkicha” (1956), “Farhol” (1958, 1974), “Pillakor Janil” (1961), “yangi davr ohanglari” (1962), “og’a-inilar” (1968) kabi she’r va dostonlar to’plamlari nashr etilgan. Uning “Baxtiyor” (1950), “Dengizda” (1957-58), “Pillakor Janil” (1961), “Zarimbetning hayajoni” (1958) dostonlari ularda tilga olingan ijtimoiy masalalarning dolzarbligi bilan ajralib turadi. “Berdaq” (1950) va “og’a-inilar” (1968) dostonlari o’tmishni badiiy talqin qidishga bag’ishlangan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1971).