Nuvayriy Shihobiddin Ahmad ibn Abd al-Vahhob
Nuvayriy Shihobiddin Ahmad ibn Abd al-Vahhob (1279.6.4 – 1332.17.6, Qohira) — Arab olimi. Misrda, mamluklar saroyida yashagan. Nuvayriy 31 jilddan iborat “nihoyat al-Arab Fi Funun al- adab” (“adabiyot haqida Arabcha yetuk kitob”) nomli yirik (9 ming betdan oshiq) asar muallifi. Asarning yarmi tarixga oid bo’lib, Misr, Oltin O’rda, Musulmonlar Ispaniyasi (Andalusiya) tarixi batafsil bayon etilgan. Asar bir necha Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.