Nyaya

Nyaya (sanskritcha — mantiq) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni e’tirof etadigan) tizimlardan biri. Hind faylasufi Gotama (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) asos solgan. Nyaya markazida bilish nazariyasi va mantiq masalalari turadi. Mantiqiy xulosa chiqarishning 5 qismli usulini ishlab chiqqan. Nyayaning mantiqiy realizmi uni vaysheshika atomistik ta’limoti bilan yaqinlashib, birlashishga olib kelgan. Buddizm bilish nazariyasi (madxyamika) ning skeptisizmiga qarshi chiqqan.