Nyu-Jersi

Nyu-Jersi – AQShning Sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 20,16 ming km2. Aholisi 8,6 million kishi (2002), 89% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Trenton shahri. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, Nyu-Jersining ko’p qismi Atlantika bo’yi pasttekisligida, shimoliy qismi Appalachi tog’lari etaklarida. Iqlimi mo’tadil, sernam. Yanvarning o’rtacha temperaturasi Gdan -5° gacha, iyulni-ki 22-24°. Nyu-Jersi — AQShning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi o’rinda. To’qimachilik, rangli metal- lurgiya, silikat-keramika, tikuvchilik korxonalari bor. Bog’dorchilik rivojlangan. Nyu-Jersi hududi orqali AQShning yirik shaharlarini bog’lovchi temir yo’l va avtomobil yo’llari o’tgan.