Nyukasl

Nyukasl — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyaning shimoliy-Sharqiy qismida. Tayn-end-Uir metropoliten grafligining ma’muriy markazi. Aholisi 283,5 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yo’llari tuguni. Tayn daryosining shimoliy dengizga quyilish joyidagi port. Mamlakatning savdo-moliya va sanoat markazlaridan. Kemasozlik va kema ta’mirlash, elektrotexnika sanoati korxonalari, universitet, fan va texnika muzeylari bor. Me’moriy yodgorliklaridan 12-19-asrlarda qurilgan ratusha, qasr, sobor, temir ko’prik va boshqalar saqlangan.