Oʻsimliklar rangni qayerdan oladi?

Oʻsimliklardagi yashil rang undagi xlorofill pigmenti yordamida hosil boʻladi. Shuningdek, oʻsimlikda antosianin (qizil, pushti rang uchun javobgar), antoksantin (sariq rang uchun javobgar) kabi pigmentlar mavjud.

Oʻsimlik hujayrasidagi karotin va ksantofill pigmentlari esa barglarga kuzda qizgʻish, jigarrang, sariq tusga kirishiga yordam beradi.

Leave a Reply