Obaki

Obaki — o’rtapishar mahalliy uzum navi. Obakining tupi o’rtacha o’sadi. Bargi yirik. O’rtacha kertikli doira shaklida, ters tarafining tuklari siyrak. Guli qo’sh jinsli. Uzum boshlari yirik (300— 350 gramm), konussimon. Shingillari tig’iz, tuxumsimon, seret, sershira, rangi qizil yoki pushti. Iyul oxirida pisha boshlaydi. Sentabr boshlarida to’la yetiladi. Mevasi tarkibida 20-21% qand, 6-7% kislota bor. Gektaridan 100-150 ts hosil olinadi. Obakining oq Obaki xili ham bor. Oqobakining uzum boshi o’rtacha kattalikda (200-250 gramm), konussimon yoki tsilindr — konussimon, hovol. G’ujumlari tuxumsimon, rangi och-yashil, yetilganda bir oz sarg’ayadi. Kurtaklari bo’rta boshlagandan keyin 173 kunda (Toshkent atrofida) pishib yetiladi. Hosildorligi 150-180 ts/ga. Sovuqqa ancha chidamli. Zamburug’li kasalliklarga chidamsiz. Mevasi yeyiladi, vino tayyorlanadi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida ko’p ekiladi.